“Chelsi” ko‘p gol urayotgan hujumchiga ko‘z tikdi

  • 23.04.2023 19:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iste’dodli hujumchi Florian Balogun “Chelsi” skautlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu futbolchi aslida “Arsenal”ga tegishli bo‘lib, mavsumni ijara asosida “Reyms” jamoasida o‘tkazmoqda.

Balogun joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 18 ta to‘p kiritib, bir necha klublar e’tiborini qozondi.

Shunga qaramay, “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta 21 yoshli futbolchining xizmatiga ehtiyoj yo‘qligini aytmoqda. Ispaniyalik murabbiy braziliyalik forvard Gabriel Jezus Balogundan ancha kuchli ekaniga ta’kidlab, raqobatchining asosiy tarkibdagi joyini kafolatlab qo‘ydi.

“Arsenal” rahbariyati “aristokratlar” so‘rayotgan futbolchini 40 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!