
"Chelsi" La Ligadan hujumchi sotib olmoqchi
"Vilyarreal" safida Ispaniya chempionatida to‘p tepayotgan hujumchi Arno Danjuma Pireney orolini Tumanli Albionga o‘zgartirishi mumkin. "Goal.com" nashrining xabar berishicha, gollandiyalik futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda.
Premer-liganing yana bir vakili "Nyukasl" ham hujumchi uchun "aristokratlar" bilan raqobatlashish niyatida. Avvalroq, "Milan" Danjumaga qiziqish bildirgan, biroq tomonlar shartnoma borasida kelisha olmagan.
Arno joriy mavsum 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Futbolchining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Uning "sariq suv osti kemasi" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar