“Chelsi” maqsadi yo‘lida o‘zi tarbiyalagan yulduzni “qurbon” qiladi

  • 18 fevral, 2023, 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” mutasaddilari qishki transferlar vaqtida “Atletiko”dan ijaraga olingan Joau Feliksni jamoada olib qolish yo‘llarini qidirmoqda.

Tecno

Ijara shartnomasi tuzilgan paytda portugaliyalik o‘yinchining transferini to‘liq sotib olish haqida band ko‘zda tutilmagan. Lekin londonliklarga hujumkor futbolchining harakatlari ma’qul keldi. Endi ular madridliklarni to‘liq transferga ko‘ndirmoqchi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” Joau Feliks uchun 80 million evro taklif qilgan ekan. Lekin keyinroq bu summani pasaytirish uchunkelishuvga o‘z tarbiyalanuvchisi Meyson Mauntni qo‘shishga qaror qildi.

“Aristokratlar” yarim mavsumlik ijara uchun “Atletiko”ga 11 million evro to‘lashi kerak. Bundan tashqari, angliyaliklar Joauning 6 million evrolik maoshini ham yopishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!