
"Chelsi" muxlislari uchun bitta yaxshi va bitta yomon xabar bor!
"Chelsi" futbolchisi Sesar Aspilikueta koronavirusdan tuzalib, safga qaytdi. Shu tariqa, u jamoasi bilan birga "Real"ga qarshi o‘yin uchun Madridga borishi mumkin.
Avvalroq, "aristokratlar" sardori virusdan to‘liq tuzalmasa, chempionlar ligasi qaydnomasidan tushib qolishi mumkinligi aytilgan edi. Biroq bugun chiqqan xabarlarga ko‘ra, u tiklanishga muvaffaq bo‘lgan.
Shunga qaramay, London klubida yo‘qotish ham mavjud. Klub hujumchisi Romelu Lukaku jarohat sabab Madridga bormaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Chelsi" o‘rtasidagi EChL chorak final javob uchrashuvi 12-dan 13 aprelga o‘tar kechasi 00:00da start oladi.
Fikrlar