
"Chelsi" MYu futbolchisidan tezroq qutulmoqchi
"Chelsi" Jeydon Sanchoni harakatlaridan qoniqmadi va uni MYuga qaytarib yubormoqchi. Futbolchi o‘tgan yilning yozgi transferlar oynasida ijara asosida "Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga o‘tgan edi.
Kelishuvda ma’lum shartlar asosida 25 million funt sterling (taxminan 30 million evro) evaziga majburiy sotib olish bandi mavjud edi. "The Mirror" nashrining xabar berishicha, "Chelsi" Sanchoni majburiy sotib olishdan voz kechish uchun 5 million funt sterling (taxminan 6 million evro) miqdorida jarima to‘lashga tayyor.
"Chelsi" safida 25 yoshli Sancho 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirgi vaqtda "Chelsi" Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar