“Chelsi” MYu rad etgan yulduzni oladi

  • 9 fevral, 2021, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ancha muddat Jeydon Sancho uchun kurashgan “Manchester Yunayted” jamoaga Amad Diallo olib kelinganidan keyin “Borussiya” yulduzini olish fikridan qaytgan edi.

Tecno

Endi bundan Tomas Tuxel foydalanib qolmoqchi. Qolaversa, “Borussiya” rahbariyati Sancho uchun belgilangan 108 million funt miqdoridagi transfer summasini 88 million fungacha pasaytirgani ham “Chelsi”ning qiziqishini oshirdi.

Jeydon Sancho joriy mavsumda o‘tgan yilgi samaradorligini namoyish eta olmayapti. 20 yoshli futbolchi bu gal 18 ta uchrashuvda atigi uchta gol urdi. Shuningdek, u jamoadoshlariga etti marta golli pas ham oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!