
"Chelsi" Osimxen transferiga Pulishichni qo‘shmoqchi
"Chelsi" yozda "Napoli" futbolchisi Osimxen uchun kurashmoqchi. London klubi hujumchining narxi qimmatligi bois uning transferiga Pulishichni qo‘shishni o‘ylamoqda. Bu haqda "CalcioMercatoweb" nashri xabar berdi.
Nigeriyalik futbolchi ushbu mavsumi ko‘taringki kayfiyatda o‘tkazmoqda. U neapolliklar safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.
Pulishichning kelajagi ham aniqlashib bormoqda. U "aristokratlar" jamoasini tark etishga yaqin. Vingerga ko‘p o‘yin amaliyoti berilmadi va yaxshi taklif bo‘lsa, ketishni maqsad qilgan.
Fikrlar