“Chelsi” o‘tishni ikki afsona bilan maslahatlashdim
“Chelsi” klubining yangi darvozaboni Emiliano Martines klubga transferidan oldin jamoa afsonalari Jon Terri va Petr Chex bilan maslahatlashganini tan oldi.
Londondiklar tajribali darvozabonni “Aston Villa”dan 7,5 million funt sterling evaziga sotib olganini tasdiqlagan edi. Transferdan bir necha soat o‘tib, argentinalik darvozabon “Chelsi” safida debut qildi va “Brayton” ustidan 4:3 hisobidagi g‘alabada ishtirok etdi.
“Chelsi”dagi birinchi o‘yinidan keyin Martines klub afsonalari bilan muloqoti haqida gapirdi. Shuningdek, u «ko‘klar» bilan Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritish maqsadini ma’lum qildi.
- Men “Chelsi” afsonalari Jon Terri va Petr Chex bilan gaplashdim. Bu qanchalik katta klub ekanini va bu mavsumda nimalarga erishishni xohlayotganimizni bilaman. Men bu yerga yordam berish uchun keldim.
“Aston Villa”da o‘tkazgan yetti yilim ajoyib bo‘ldi. Men bu yerga Premyer-ligada g‘alaba uchun kurashib ko‘rish maqsadida keldim.
Men jamoa bilan atigi bir kun mashg‘ulot o‘tkazdim. Yigitlar so‘nggi bir-ikki kun ichida menga juda yaxshi munosabatda bo‘lishdi.
Hujum chizig‘imizda qanday katta iste’dod borligini bilaman. Men esa o‘z navbatimda orqa tomonda ishonchlilikni ta’minlashga harakat qilaman. Bu o‘yin ideal bo‘lmaganini bilaman.
Ammo yakunda biz g‘alaba qo‘zondik va endi oldinga harakat qilishimiz kerak. Oldimizda yana 36 ta uchrashuv bor va haftadan haftaga harakat qilamiz.
Nega bu yerga kelganimning sababi bor. Bizda hujumda ajoyib uchlik bor. Oldinga harakat qilganimizda raqiblarga zarar yetkazishimiz mumkin.
O‘yinni hal qilib qo‘yish uchun bizda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Koul Palmer va Joau Pedroda ham o‘yinni yakunlash uchun vaziyatlar bo‘ldi. Himoyada esa o‘tkazib yuborilayotgan gollar sonini kamaytirishimiz kerak, - dedi Emiliano Martines.

Fikrlar