“Chelsi” o‘yinchisini boshqa jamoaga kuzatib qo‘ydi
“Charlton” klubining rasmiy sayti jamoaga “Chelsi” vakili Xuan Kastilo kelib qo‘shilgani haqida axborot tarqatdi.
“Charlton” iste’dodli yosh futbolchini mavsum oxiriga qadar ijarada o‘ynatadigan bo‘ldi.
Xuan Kastilo bir necha yil oldin Londonga kelib, “aristokratlar”ning yoshlar tarkibida o‘ynayotgan edi. Chap qanot himoyachisi bo‘lgan futbolchining asosiy tarkibga kirish imkoniyati deyarli yo‘q. Shu bois, klub mutasaddilari uni ijaraga jo‘natib yubordi.
Kastilo joriy mavsumning birinchi yarmini ham ijara asosida “Birmingem”da o‘tkazdi. Bu jamoada atigi beshta o‘yinda qatnashgan futbolchi belgilangan darajada etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani bois, ortga qaytarilgan edi.
Endi u bor mahoratini “Charlton” jamoasi safida ko‘rsatadi.

Fikrlar