“Chelsi” o‘z o‘yinchisi uchun “Siti”dan katta summa talab qilyapti

  • 24.06.2026 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi»ning oʻng qanot himoyachisi Malo Gyustoga Angliya Premier-ligasining yana bir klubi – «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda.

«Shaharliklar» himoyaning oʻng qanotini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va fransuz futbolchisini bir nechta variantlar qatorida koʻrib chiqmoqda. Ular orasida «Nyukasl» himoyachisi Tino Livramento ham bor.

Jurnalist Ben Jeykobs maʼlumotiga koʻra, «Chelsi» Gyustoni sotish imkoniyatini koʻrib chiqishga tayyor, ammo uning transferidan kamida 45 million funt sterling (52 million evrodan ortiq) ishlab olishni xohlaydi.

Klub allaqachon kelishuvga erishgan Marko Palestraning transferi Malo Gyustoning ketish ehtimolini yanada oshirishi mumkin.

23 yoshli futbolchi oʻtgan mavsum London klubi safida barcha musobaqalarda 48 ta oʻyinda qatnashib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi boʻldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!