
“Chelsi” O‘zbekiston Olimpia terma jamoasiga qarshi o‘ynagan futbolchini sotib olmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi “Atletiko Madrid” hujumchisi Samuel Omorodionni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Matraschilar” inglizlar taklifi rad qilgan edi, biroq “ko‘klar” yana yangi taklif jo‘natmoqchi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, ikki taraf muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq, “Atletiko” Omorodion uchun 80 million evro so‘ragan edi. “Chelsi” vakillari Konor Gallaxer “Matraschilar”ga sotish orqali Samuel uchun narxni tushirmoqchi.
Omorodion hozirda Parij Olimpiadasida Ispaniya bilan bugun soat 21:00 Marokashga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda. Hujumchi O‘zbekiston Olimpia terma jamoasiga qarshi zaxiradan maydonga tushgan edi.
Fikrlar