
“Chelsi” Pochettinoni haydaydimi?
“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida katta xarajatlar evaziga yangi futbolchilarni olib kelgan bo‘lsa-da, Maurisio Pochettino bosh murabbiy sifatida jangovar tarkib shakllantira olmayapti.
“Aristokratlar”ning qoniqarsiz natijalari oqibatida klub rahbariyati argentinalik murabbiy xizmatlaridan voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar tarqala boshladi.
The Guardian nashri bu masalani tahlil qilib chiqdi.
- “Chelsi” bo‘sh ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda, lekin klub ichida hammasi tinch. Klub rahbariyati natijalarni inobatga olmagan holda jamoani o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, Maurisio Pochettino yosh jamoani to‘g‘ri yo‘ldan olib ketayotgani aniqladi. “Chelsi” mutasaddilari bosh murabbiyni o‘zgartirishga ehtiyoj yo‘q, degan xulosa kelgan, - deb yozdi nufuzli nashr.
Fikrlar