“Chelsi” qaysar yulduzga qattiq talab qo‘ydi

  • 5 avgust, 2024, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati va klub tarbiyalanuvchisi Konor Gallaxer munosabatlari taranglashib bormoqda. 

Tecno

“Aristokratlar” moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun Konorni sotib yuborishga harakat qilyapti.

Iqtidorli hujumkor futbolchiga talabgorlar ham etarli. Xususan,  “Atletiko” Konorni Madridga olib ketish bo‘yicha “Chelsi” bilan kelishib bo‘lgan. Biroq futbolchining o‘zi javobni aytishni paysalga solyapti.

Bu holat “Chelsi” xo‘jayinlariga yoqmadi. Ular Gallaxerdan yoki Madridga ketish, yo klub bilan ularning shartlari asosida yangi bitim tuzishni talab qilmoqda. Agar o‘yinchi ikki variantdan birini tanlamasa, o‘rinbosarlar tarkibiga jo‘natilib, mavsumni o‘sha erda o‘tkazadi.

Aslida Gallaxerning amaldagi shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi. Londonliklar qimmatbaho o‘yinchining erkin agent sifatida bepul ketib qolishining oldini olishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!