“Chelsi” qimmatbaho yulduzni tekin olish yo‘lini topdi

  • 9 noyabr, 2021, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyatida “Bavariya” yulduzi Kingsli Komanni tekinga qo‘lga kiritish imkoni paydo bo‘ldi. Myunxenliklarning o‘ziga frantsiyalik iste’dod kerak. Biroq, ular Koman yangi shartnoma uchun talab qilayotgan 16-20 million evrolik maoshni ko‘tara olmaydi.

Tecno

Komanning agentlari futbolchiga erkin agent maqomini olishni tavsiya qilmoqda. Ularning rejasiga ko‘ra, Kingsli “Chelsi”ga bepul qo‘shilgan taqdirda, “aristokratlar”dan katta maosh undirishning imkoni paydo bo‘ladi.

Ayni paytda frantsiyalik hujumkor futbolchining transfer summasi 55 million evroga baholanmoqda. Uning “Bavariya” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi.

Koman joriy mavsumda oltita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Avval PSJ va “Yuventus”da o‘ynagan futbolchi 2016 yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!