"Chelsi" rahbariyati Lempardning qaytganiga izoh berdi

  • 7 aprel, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Frenk Lempard yana "Chelsi"ga qaytdi. U mavsum oxirigacha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tecno

"Chelsi" xo‘jayinlari – Todd Beyli va Behdad Egbali Lempardning tayinlanishi haqida quyidagicha bayonot berdi.

“Biz Frenkni “Stemford Brij”da kutib olishdan xursandmiz. U Premer-liga va klubimiz afsonasi. Doimiy murabbiy topish bo‘yicha puxta va mashaqqatli jarayonni davom ettirar ekanmiz, muxlislarimizga mavsumning qolgan qismi uchun aniq rejani taqdim etmoqchimiz. Frenk bizni ko‘zlangan marraga etaklaydigan barcha xususiyat va fazilatlarga ega”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Frenk Lempard bundan avval 2019/2020 yilgi mavsumda boshidan 2021 yilning yanvar oyi oxirigacha “Chelsi”ni boshqargan. “Aristokratlar” uning qo‘l ostida 84 ta uchrashuvda maydonga tushib,  44 ta g‘alaba, 15 ta durang va 25 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!