“Chelsi” raqib yetakchisini olib qo‘yadi
Bosh murabbiy Enco Mareska bilan xayrlashganidan keyin “Chelsi” rahbariyati jamoa tarkibini yangi ijrochilar bilan kuchaytirish masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda.
Xususan, 2026 yildgi transferlar davrida “aristokratlar” ko‘proq Angliya Premier-ligasiga moslashgan o‘yinchilarni nishonga ola boshladi.
London klubi mutasaddilari “Nyukasl”dan italyalik yarim himoyachi Sandro Tonalini olib kelmoqchi.
Football Insider nashri ma'lumotlariga ko‘ra, “Chelsi” 25 yoshli futbolchini yanvarda qo‘lga kirita olmasligini biladi va shu bois, bu transfer kelasi yozga mo‘ljallangan.
“Qarg‘alar”ning italyalik futbolchini jamoada saqlab qolish umidi bor. “Nyukasl” Tonali spor o‘yinlariga pul tikkani uchun 10 oylik diskvalifikatsiyadan keyin uni qo‘llab-quvvatlaganiga ishonib, Tonalidan sadoqat ko‘rsatishini kutyapti.
Joriy mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarktga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevro.
Fikrlar