"Chelsi" "Real" futbolchisi uchun 150 million evro to‘lashga tayyor

  • 28.05.2023 14:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" "Real" hujumchisi Vinisiusga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "El Nacional" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, London klubi 22 yoshli uchun 150 million evro to‘lashga tayyor. Agar bu transfer amalga oshsa, "Real" Madrid tarixidagi eng qimmat sotuvi bo‘ladi.

Oldinroq Ispaniyada Vinisius irqchilikka duch kelgani, shu bois u "Real"dan ketishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda braziliyalik vinger "qaymoqranglilar" safida 54ta o‘yin o‘tkazib, 23ta gol urdi va 21ta golga assistentlik qilgan. "Transfermarkt" portali Vinisiusni 120 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!