"Chelsi" Sarri uchun "Yuventus"dan 6 mln evro tovon puli talab qilmoqda
"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining jamoadagi kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Xabarlarga qaraganda 60 yoshli italiyalik mutaxassisga "Yuventus"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Biroq, Sky in Italy nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” Sarrining tovon puli uchun turinliklardan 6 million evro talab qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” yakunlangan mavsum so‘nggida Massimiliano Allegrini bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqargan edi.

Fikrlar