“Chelsi”: Shu arzon o‘yinchi Xaverts bilan Zieshdan zo‘r!

  • 8 oktabr, 2021, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” o‘tgan yili Germaniya va Niderlandiya chempionatlari yulduzlari – Kay Xaverts, Timo Verner, Hakim Zieshni transfer qilgan edi. O‘z jamoalarida etakchi bo‘lgan ushbu o‘yinchilar Angliya futboliga moslasha olmayapti.

Tecno

Natijada, Tomas Tuxel o‘zining g‘oyalarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan yangi ijrochilarni qidirmoqda. “Aristokratlar” ayni paytda “Portu” vakili Luis Diasni nishonga olgan. 24 yoshli kolumbiyalik o‘yinchiga taklif ko‘pligiga qaramay, joriy mavsum oldidan o‘z jamoasida qolishga qaror qildi.

Tomas Tuxel to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan hujumkor futbolchi “Chelsi”ga kelsa, Hakim Ziesh va Kay Xavertsning o‘rnini egallashiga qat’iy ishonmoqda. Diasning transfer summasi 22,5 million funtni tashkil qilayotgani ham “Chelsi”ga juda ma’qul kelmoqda.

Luis Diasga londonliklardan tashqari “Bavariya”, “Barselona” va “Liverpul” ham ko‘z tikayotganini inobatga olish zarur.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!