"Chelsi" sobiq hujumchisi uchun 100 million evrodan ham ko‘proq to‘lashga tayyor

  • 7 aprel, 2021, 21:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku yana “Chelsi”ga qaytishi mumkin. Calciomercato.com nashrining yozishicha, “aristokratlar” mavsumlar oralig‘ida belgiyalik to‘purarni tarkibga qo‘shib olishni reja qilmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovichning short-listida “Borussiya” hujumchisi Erling Xolanddan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi. London grandi Romeluning transferi uchun “neradzurrilar”ga 100 mln evrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilishga tayyor.

Serxio Agueroga o‘rinbosar qidirayotgan “Manchester Siti” ham Lukakuni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Ammo “Inter” rahbariyati ham, bosh murabbiy Antonio Konte ham Lukakuning sotilishini xohlamayapti.

Lukaku “Chelsi” uchun begona emas. U 2011-2014 yillarda ham ushbu jamoa sharafini himoya qilgan. "Aristokratlar" shundan so‘ng uni 28 mln funt evaziga "Everton"ga sotib yuborgan edi.

Romelu joriy mavsum A Seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!