"Chelsi" so‘nggi o‘nta o‘yinda bir marta g‘alaba qozongan

  • 19.02.2023 20:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" Grem Potter qo‘l ostida juda yomon natija qayd etmoqda. Shanba kuni London klubi 24-tur uchrashuvida APL turnir jadvalida 20-o‘rinda borayotgan "Sautgempton"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).

Potter bosh murabbiy etib tayinlangach, "aristokratlar" 25 o‘yindan atigi 9 tasida g‘alaba qozongan. Bu 37 foizlik ko‘rsatkich degani.

Ma’lumot o‘rnida, premer-ligada londonliklar 31 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. Potter shogirdlari navbatdagi o‘yinini 26 fevral kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!