
“Chelsi” super transferni e’lon qiladi
“Chelsi” rahbariyati yangi transferni e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu futbolchi Bundesliga yulduzi Kay Xaverts bo‘ladi.
Iste’dodli pleymeyker kuni kecha “Bayer” tarkibida tibbiy ko‘rikdan o‘tmadi. Futbolchilar koronavirusga test topshirganida ham Xaverts ko‘rinmadi. Bu uning ketishidan dalolat beradi.
Avvalroq, “Chelsi” o‘zi orzu qilgan futbolchi uchun 80 million evro to‘lashi va qolgan 20 millionni bonus tariqasida taqdim qilishi kelishib olinganini e’lon qilgandi.
Tez orada Kay Xaverts Londonga kelishi kutilmoqda.
Fikrlar