“Chelsi” superfutbolchining “Real”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi

  • 6 fevral, 2021, 19:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tomas Tuxel “Chelsi”ni qabul qilib olganidan keyin jamoa himoyasini kuchaytirishga qaror qildi. Germaniyalik mutaxassis buning uchun Bundesligada pishgan universal himoyachi David Alabani yozgi transfer davridagi asosiy nishon qilib belgiladi.

O‘z navbatida, yozda erkin agentga aylanadigan avstriyalik himoyachiga Zinedin Zidan ham ko‘z tikmoqda. Frantsiyalik mutaxassis Alaba jamoa bilan kelisha olmayotgan Serxio Ramosning o‘rnini bosishiga ishonmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Tuxel PSJda ishlayotgan paytda ham Alabani olishga harakat qilgan edi. Agar bu transfer amalga oshmasa, germaniyalik mutaxassisning ro‘yxatida Niklas Zyule (“Bavariya”), Dayo Upamekano (“RB Leyptsig”), Jeroma Boateng (“Bavariya”) kabi Bundesligada suyagi qotgan himoyachilar ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!