
“Chelsi” supertransferga tayyor. Abramovich bu futbolchi uchun 100 million ajratdi
“Chelsi” tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Bosh murabbiy Frenk Lempard klub rahbariyatini yana bir katta transferga ko‘ndira oldi.
Kelasi yozda londonliklar “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni oladigan bo‘lyapti. Klub xo‘jayini Roman Abramovich norvegiyalik to‘purar uchun 100 million evro ajratishga rozilik berdi.
Lempard o‘z jamoasi hujum chizig‘ida Timo Verner va Erling Xoland juftligini ko‘rmoqchi.
Transfer summasi 75 million evro atrofida baholanayotgan Xolandga “Real”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” kabi baquvvat jamoalar ham xaridor bo‘lmoqda.
Fikrlar