
"Chelsi" Tuxel bilan qancha muddatga shartnoma imzolaydi?
“Chelsi” va Tomas Tuxel o‘rtasidagi imzolanishi kutilayotgan shartnoma shartlari haqida xabarlar tarqala boshladi.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” nemis mutaxassisi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaydi. Tuxel tez orada Londonga etib kelishi va jamoaning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
Tuxel ertaga APLning 20-turidan o‘rin olgan “Vulverxempton”ga qarshi o‘yindayoq “Chelsi”ni bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushishi mumkin.
Fikrlar