"Chelsi" uch hujumchini nishonga oldi

  • 6 noyabr, 2021, 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujum chizig‘iga yangi futbolchi olib kelishga qaror qildi. Bu orqali germaniyalik mutaxassis Romelu Lukakuga bosimni kamaytirmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Tuxelga Edinson Kavani tipidagi hujumchi kerak. Keladigan futbolchi zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, gol urishni uddalashi talab etiladi. Hozircha “Chelsi” skautlari uch nafar futbolchini tavsiya qilmoqda.

Duvan Sapata  birinchi nomzod. “Atalanta” hujumchi A Seriyada to‘qqizta uchrashuvda oltita to‘p kiritdi va bir juft assistni amalga oshirdi. Chempionlar ligasida ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

“Volfsburg” a’zosi Vaut Vegxorst ham Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Niderlandiyalik hujumchi Bundasligada sakkiz marta maydonga tushib, uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Bundesliganing yana bir vakili – “Xoffenxaym” hujumchisi Andrey Kramarich ham “aristkratlar” nishonida turibdi. Joriy mavsumda ikkita gol urgan 30 yoshli Kramarich kuchli klublar taklifini rad etmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!