“Chelsi” voz kechgan uch futbolchini birdaniga bitta klub oladi

  • 26.07.2026 23:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Team Talk nashri ma'lumotiga koʻra, “Aston Villa” bosh murabbiyi Unay Emeri klub rahbariyatidan “Chelsi”ning uch nafar futbolchisini sotib olishni soʻragan.

Birmingem klubi Nikolas Jekson, Benoa Badiashil va Aksel Disasini oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu esa Alehandro Garnachoni sotib olish huquqi bilan ijaraga olganidan keyingi navbatdagi qadam boʻlishi mumkin.

Manbaga koʻra, yozda Morgan Rojers (“Chelsi”), Lyuka Din (PSJ) va Yuri Tilemans (“Manchester Yunayted”) ketganidan keyin jamoaga yangi futbolchilar zarur boʻlib qolgan.

Himoya chizigʻini kuchaytirish uchun Emeri Badiashildan tashqari, mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Aston Villa”da oʻtkazgan Aksel Disasini ham qaytarmoqchi.

Nikolas Jekson esa hujum chizigʻini kuchaytirish uchun koʻrib chiqilmoqda. Senegalik futbolchi avval “Vilyarreal”da Emeri qoʻl ostida ham oʻynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!