"Chelsi" Xoland masalasida "Borussiya"ga ilk taklifini yubordi
Londonning "Chelsi" klubi "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” 20 yoshli norvegiyalik to‘purar uchun nemis grandiga Temmi Abraxam va unga qo‘shimcha 70 million evro taklif qilmoqda. "Borussiya" rahbariyati hozircha ushbu taklifga hech qanday munosabat bildirmagan.
Bundan avvalroq Xolandning agenti Mino Rayola “Real” bilan kelishuvga erishishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘z navbatida dortmundliklar uni 200 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Xoland o‘tgan mavsum "Borussiya" safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 41 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar