"Chelsi" Xoland uchun dahshatli summa berishga tayyor

  • 13 iyul, 2021, 10:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futboli yulduzi Erling Xoland faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi barchaning e’tibor markazida bo‘lib turibdi.

Tecno

"Sport Bild" nashrining ma’lum qilishicha, "Chelsi" norvegiyalik hujumchini sotib olish borasida jiddiy harakatlarni boshlagan. Klub prezidenti Roman Abramovich uning uchun dahshatli summa to‘lashga tayyor. Xoland transferi uchun londonliklar 175 million evro sarflashi mumkin.

Avvalroq, "asalarilar" rahbariyati Erlingni bu yozda qo‘yib yubormaslikni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Jamoa bir necha kun oldin Jeydon Sanchoni ham sotib yubordi.

20 yoshli hujumchi joriy mavsum 41 o‘yinda ishtirok etib, xuddi shuncha to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi va 12 bor jamoadoshlari goliga hammualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!