
"Chelsi" Xolandni sotib olish uchun 3 ta futbolchisidan voz kechmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati "Borussiya Dortmund"dan norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni sotib olish uchun birdaniga uchta o‘yinchi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Football.London xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, "aristokratlar" Temue Bakayoko, Xakim Ziesh va Temmi Abraxamni sotuvga qo‘ymoqchi. Bakayoko va Zieshga "Milan" xaridor bo‘lmoqda.
Xoland "Borussiya" tarkibida 2020 yilning yanvaridan beri o‘ynab kelmoqda. U debyut mavsumidayoq o‘zining to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsata boshladi va qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy yulduziga aylandi.
Xoland Bundesliganing so‘nggi mavsumida 28ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 27ta gol yozdirib qo‘ydi. Uning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan. Uning ayni damdagi transfer narxi 110 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar