“Chelsi” Xolandning shogirdini olib keladi

  • 18 aprel, 2023, 14:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning o‘rinbosari hisoblangan Xulian Alvares faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” 23 yoshli argentinalik hujumchini yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Xabarlarda “Chelsi” vakillari bu transfer uchun 50 million evro to‘lashga tayyorligini aytilmoqda.

Alvares joriy mavsumda “shaharliklar” uchun barcha turnirlarda 38 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urdi va to‘rtta golli pas oshirdi. Biroq, Xosep Gvardiola uchun tarkibdagi asosiy to‘purar Erling Xoland  hisoblanadi.

Xulian Alvaresning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!