
"Chelsi" yana bir hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra "Chelsi" Viktor Osimxenni "Napoli"dan ijaraga olmoqchi.
Biroq, "The Standard" nashri "neapolliklar" davom etayotgan transferlar oynasida o‘z yulduz forvardini olib qolish harakatida ekanligi haqida xabar berdi. Klub sport direktori Jovanni Manna yaqinda "Sky Sports Italia" nashriga bergan intervyusi davomida:
- Viktor bizga kerakli futbolchi. Ayni damda jamoaninng ideal holatini saqlab qolishga harakat qildik. Biz bunday vaziyatdagi yagona klub emasmiz. Keyingi 10 kun davomidagi voqealar rivojini kuzatamiz. Osimxenning atrofidagilar bilan doimiy aloqadamiz, - deb o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, PCJ xam nigeriyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Biroq tomonlar kelisha olmagani sababli parijliklar Osimxen uchun kurashdan chiqqanligi ma’lum qilingan edi.
Fikrlar