“Chelsi” yana uch hujumchini tanladi

  • 12.09.2023 15:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozgi transferlar vaqtida Evropa klublar orasida yangi o‘yinchilarga eng ko‘p mablag‘ sarflagan “Chelsi” yanvarda ham katta xaridlarni amalga oshirmoqchi.

Malumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Maurisio Pochettino klub rahbariyatidan hujum chiig‘iga mahoratli o‘yinchi olib berishni so‘ragan.

Argentinalik mutaxassis uch hujumchi – “Brentford”dan Ayven Touni, “Aston Villa”dan Olli Uotkins va “Leyptsig”dan Benjamin Sheshkoni tanladi.

Touni va Uotkins Angliya Premer-ligasida katta tajriba to‘plagan va “Chelsi” ularni olsa, chempionatga moslashishi uchun vaqt talab etilmaydi. Sheshko Avstriyaning “Zaltsburg” jamoasi safida 79 ta uchrashuvda 29 ta gol urganidan keyin yozda “Leyptsig”ga ko‘chib o‘tdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!