“Chelsi” yanada kuchayadi

  • 13 iyul, 2022, 23:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati jamoaning ujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida qanot hujumchisi olishga qaror qildi.

Tecno

The Guardian nashrining ma’lum qilishicha, Tomas Tuxel bu ampluaga “Milan” vakili Rafael Leau va “Bavariya” yulduzi Serj Gnabrini mo‘ljallamoqda.

Aslida “aristokratlar” bu pozitsiyaga Angliya chempionatiga moslashgan “Lids” etakchisi Rafinyani olishni rejalashtirgan edi. Braziliyalik futbolchi katta ehtimol bilan “Barselona”ga o‘tib ketadigan bo‘lib turibdi.

Shu bois, “Chelsi” zaxira varianti sifatida Leau va Gnabri uchun kurashga qo‘shildi. “Milan” vakili chempionlik mavsumiga katta hissa qo‘shganidan keyin klub rahbariyatidan maoshini sezilarli oshirishni talab qilmoqda.

Gnabri ham “Bavariya”dan yangi shartnoma uchun xizmat haqini oshirishni so‘ragan. Evropa transfer bozorida har ikki hujumchining xaridori ko‘p.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!