"Chelsi" yaqin ikki kun ichida super transferni amalga oshirmoqchi

  • 7 avgust, 2021, 14:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning "Chelsi" klubi belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuni sotib olish fikridan hali ham qaytmayapti. The Athletic xabariga ko‘ra, "aristokratlar" hujumchining transferini dushanba kunigacha rasmiylashtirmoqchi.

“Chelsi” Lukakuni premer-liganing yangi mavsumi boshlanguniga qadar tarkibga qo‘shib olishga umid qilmoqda.

Avvalroq, Romelu "Inter" rahbariyatidan o‘zini "Chelsi"ga qo‘yib yuborishni so‘ragani haqida xabar qilingan edi. Aytish kerakki, Lukaku allaqachon londonliklar bilan besh yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Lukaku o‘tgan mavsum "neradzurrilar" safida A Seriyada 24 ta gol urgan holda chempionat to‘purariga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!