
“Chelsi” yozda 12 nafar yangi o‘yinchi oldi. Bu to‘liq tarkib, degani!
“Chelsi” odatga ko‘ra, yozgi transferlar bozorida yana faollik ko‘rsatdi. “Aristokratlar” klubga yosh iste’dodlar qatorida mashhur o‘yinchilarni ham qo‘shib oldi.
Xususan, Entso Mareska jamoasiga 21 yoshgacha bo‘lgan quyidagi iste’dod egalari olib kelindi.
Omari Kelliman (18 yosh) “Aston Villa” akademiyasi;
Aaron Anselmino (19 yog‘sh) “Boka Xuniors”;
Renatu Veyga (20 yosh) “Bazel”;
Kaleb Uayli (19 yosh) “Atlanta Yunayted”;
Mark Giu (18 yosh) “Barselona”;
Estevao Villian (17 yosh) “Palmeyras”.
Tajribali futbolchilardan “Fulxem” bilan xayrlashgan Tosin Adarabioyo erkin agent sifatida keldi. “Chelsi” vakillari “Lester” futbolchisi Kirnan Dyusberi-Xollni 35,4 million, “Vilyarreal” darvozaboni Filip Yorgensenni 24,5 million funtga oldi.
Bundan tashqari, Londonga taniqli yulduzlar – “Vulverxempton”dan Pedru Netu, “Atletiko”dan Joau Feliks, “Manchester Yunayted”dan Jeydon Sancho olib kelindi.
Fikrlar