"Chelsi" yozda "Barselona" futbolchisini sotib olishga urinadi

  • 13.10.2025 21:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" "Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxoga qiziqish bildirmoqda. Londonliklar 26 yoshli futbolchini kelasi yozda o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin. "Aristokratlar" qishda urugvaylik futbolchini sotib olish uchun harakat qilishi dargumon. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" klubning moliyaviy ahvoli tufayli Arauxoni sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Biroq bu "blaugrana"ning 2026 yil yoziga qadar iqtisodiy holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Joriy mavsum Arauxo barcha musobaqalarda ettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!