"Chelsi" yozda "Real" futbolchisini o‘ziniki qilib olmoqchi

  • 29 mart, 2020, 17:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi “Real” Madrid himoyachisi Ashraf Hakimini o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” allaqachon 21 yoshli marokashlik futbolchining transferi bo‘yicha “aristokratlar”dan rasmiy taklif olgan va mavsum yakunlanmasdan turib uning kelajagi borasida biror qarorga kela olmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Hakimi mavsumni “Borussiya” Dortmund safida ijarada o‘tkazmoqda. Transfermarkt sayti uning narxini 60 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!