
"Chelsi" yulduzi Braziliya termasi safida Peledan keyin gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi
"Chelsi" klubi a’zosi Estevao Peledan keyin Braziliya terma jamoasining rasmiy o‘yindagi eng yosh goli muallifi aylandi. JCh-2026 saralashidan o‘rin olgan Chiliga (3:0) qarshi o‘yinda qaychi uslubida zarba berib, hisobni ochdi.
Hozir Estevao 18 yosh-u 4 oylik. Pele 17 yosh-u 7 oyligida Jahon Chempionati finalida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (5:2) dubl qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya termasi safida Endrik (17 yosh, 8 oy va 3 kun), Ronaldo (17 yosh, 7 oy, 12 kun) va Edu (16 yosh, 10 oy, 2 kun) gol urishgan. Biroq, ular bu gollarni rasmiy emas, o‘rtoqlik o‘yinlarida urishgan.
Fikrlar