"Chelsi" yulduzi faoliyatini qaerda davom ettirishni hal qildi

  • 28 aprel, 16:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubida to‘p surayotgan hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer boshqa jamoalarning qiziqishiga qaramay, kelajagi borasida qaror qabul qildi. Xususan, "Manchester Yunayted" yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.

Tecno

"TBR Football" jurnalistlarining xabar berishicha, Palmer o‘z klubini tark etishni istamayapti, garchi uning o‘yini so‘nggi paytlarda biroz pasaygan bo‘lsa ham. Koul avvalgi formani qaytarish va "aristokratlar" safida o‘ynashni davom ettirish niyatida.

Yarim himoyachining "ko‘klar" bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 130 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Palmer 39 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!