
"Chelsi" yulduzi joriy mavsumda antiqa natija qayd etdi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Koul Palmer joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida o‘ziga xos statistikalar qayd etdi.
Squawka nashrining xabar qilishicha, Palmer APLda 50 dan ortiq golli vaziyat yaratdi, unga raqiblar tomonidan 50 marttadan ko‘p qo‘pollik ishlatildi va Koul 50 dan ortiq muvaffaqiyatli dribling amalga oshirdi.
Manbaga ko‘ra, Palmer – APLning ushbu mavsumida bunday natijalarga erishgan yagona futbolchi hisoblanadi.
Palmer joriy mavsumda Premer-ligada 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Chelsi” bilan tuzgan shartnomasi 2033 yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
36-tur yakunlariga ko‘ra, “Chelsi” 63 ochko bilan musobaqa jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Londonliklar 28 may kuni “Betis”ga qarshi Konferentsiyalar Ligasi finalida maydonga tushishadi.
Fikrlar