“Chelsi” yulduzining transferi barbod bo‘lish arafasida

  • 05.08.2024 11:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” o‘zi tarbiyalagan Konor Gallaxerni transferga qo‘ygan edi. 24 yoshli hujumkor futbolchiga “Atletiko” xaridor bo‘ldi.

Klublar o‘yinchi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi. Biroq bu transfer barbod bo‘lish arafasida.

Gallaxerning “Chelsi”da qolmasligi aniq, lekin futbolchining o‘zi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan. Konor madridliklarga aniq javob bermayotgani “Atletiko” mutasaddilariga yoqmayapti.

Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, “Atletiko” Konorni Madridga kelishga ko‘ndirish uchun qo‘lidan kelganini qilgan. Agar futbolchi aniq javobini aytmasa, “matraschilar” boshqa nomzodga o‘tadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar hujumkor futbolchi pozitsiyasiga “Valensiya” vakili Xavi Gerruni olib kelishi mumkin. Tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!