"Chelsi" zo'r hujumchini "Arsenal"ga sotgani uchun tanqid toshi otdi

  • 07.09.2026 22:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi Jo Koul London derbisida «Arsenal»ga qarshi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, klub rahbariyati 2023 yilda Kay Havertsni qo‘yib yuborish orqali jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan.

«Siz Havertsni har kuni ko‘rasiz. Tushunaman, murabbiylar keladi, ketadi, lekin rahbariyat qaerga qaragan? Haverts sotilgandan keyin «Chelsi» yangi hujumchi izlab qancha pul sarfladi, bir o‘ylab ko‘ring. 

Menimcha, bunaqa ishlar davom etishi mumkin emas. «Manchester Yunayted»da Fergyuson davrida yoki «Arsenal»da Venger paytida bunday holat bo‘lmagan», — dedi Koul Premier League Productions efirida.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda «Arsenal» Havertsni «Chelsi»dan 75 million yevro evaziga sotib olgan edi. Joriy mavsum Premer-liganing uchinchi turida «aristokratlar» o‘z maydonida «kanonirlar»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Arsenal»ning bir goliga aynan Kay Haverts mualliflik qildi.

Yangi mavsumda nemis hujumchisi barcha musobaqalar doirasida o‘tkazgan to‘rt o‘yinda uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!