
“Chelsi” zo‘r hujumchi topib, u bilan birdaniga 8 yillik bitim tuzdi
Senegallik hujumchi Nikolas Jekson “Chelsi”da 8 yil – 2031 yilning yozigacha to‘p tepadigan bo‘ldi. Bu haqda taniqlik insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Jekson tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu o‘yinchi uchun “arsitokratlar” Ispaniya chempionati vakili “Vilyarreal”ga 37 million evro to‘laydi.
Aslida Jeksonning shartnomasida badal puli 35 million evro ekani ko‘rsatilgan. “Chelsi” ikki million evro qo‘shgani uchun bu summani bo‘lib to‘lash huquqini qo‘lga kiritdi.
21 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 38 marotaba maydonga tushdi. U raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga besh marta golli pas uzatdi.
Fikrlar