"Chelsi"da g‘alati ishlar bo‘lyapti

  • 23 iyul, 2022, 11:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi”da ichki muhit buzilgan ko‘rinadi. Jamoa “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Rahim Sterlingni qo‘lga kiritganidan keyin germaniyalik hujumchi Timo Verner Londondan ketishga qaror qilganini bildirdi.

- Eng muhimi, o‘zingni baxtli his qilishing. Men maydonda o‘ynab, gollar urganimdan baxtiyor bo‘laman. Bu fakt. Men ko‘proq o‘ynashni istayman. Jahon chempionatiga yuqori sport formada etib borishim uchun maydonda etarlicha harakat qilishim shart. Muntazam o‘ynamasam bo‘lmaydi, - dedi Germaniya terma jamoasi hujumchisi Timo Verner.

Mashhur futbolchining bayonoti “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelga yoqmadi.

- Men hayronman. Agar yosh bo‘lib, “Chelsi”dek klub bilan shartnomam bo‘lsa, o‘zimni baxtiyor his qilardim.

Avval o‘z sifatingni ko‘rsat, tarkibdan joy ol, o‘rningni ushlab qol. Hozir nimalar deyotganingni tushunmadim, ochig‘i, - dedi Tuxel.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!