“Chelsi”da katta tozalash: Ketadiganlar ettitga etdi
“Chelsi” so‘nggi ikki yil davomida bir necha bosh murabbiyni alishtirib, transfer bozorida katta xarajat qilganiga qaramay, ko‘zlangan maqsadiga etolmayapti.
Jamoani boshqarishga Maurisio Pochettino taklif etilgani, argentina mutaxassisga transfer siyosatini yuritish vakolati berilgani, yana bir necha qimmatbaho o‘yinchilar olinganiga qaramay, “aristokratlar” musobaqa jadvalining o‘rtasidan ko‘tarila olmayapti.
Paurisio Pochettino tarkibni orqticha o‘yinchilardan tozalab, yangi ijrochilarga joy ochishni davom ettiradigan bo‘ldi.
Manbalarning ta’kidlashicha, klub mutasaddilari qishki transferlar vaqtida etti futbolchi bilan xayrlashishga tayyor va ularga tushadigan har qanday taklifni ko‘rib chiqadi.
Bu ro‘yxatga Trevo Chaloba, Noni Madueke, Yan Maatsen, Mark Kukurelya, Armando Broyya, Aksel Disasi, Malo Gyusto kabi o‘yinchilar kiritildi.

Fikrlar