“Chelsi”da so‘nib qolgan yulduzga Ispaniyadan taklif tushdi

  • 4 oktabr, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Leyptsig”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilganidan so‘ng, “Chelsi”ga olib kelingan Timo Verner bir yil davomida Angliya premer-ligasiga moslasha olgani yo‘q. Germaniyalik hujumchi “aristokratlar” safida to‘purarlik mahoratini ko‘rsata olmayapti.

Tecno

Asosiy tarkibdan joy olishga qiynalayotgan va ichki raqobatda Romelu Lukakuni enga olmayotgan Verner tez orada jamoasini almashtirishi mumkin. 25 yoshli futbolchiga “Atletiko” xaridor bo‘lmoqda.

Madridliklar germaniyalik hujumchini yanvar oyida qo‘lga kiritmoqchi. Vernerning “Chelsi” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilganini inobatga olsak, “Atletiko” bu transfer uchun yaxshigina xarajat qilishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!