
“Chelsi”da to‘qqiz yil yurgan futbolchini haydayapti
Jurnalist Kiran Gillning ma’lum qilishicha, “Chelsi”ning 21 yoshli futbolchisi Xarvi Veyl yanvar oyining o‘zidayoq klubni butunlay tark etadi.
Veyl “Chelsi” akademiyasiga 12 yoshida kelgan va klub tizimini to‘liq bosib o‘tgan.
Entso Mareska yosh yarim himoyachiga Konferentsiyalar ligasi doirasidagi ikki uchrashuvda o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berdi. Biroq Veylning harakatlari va o‘yini murabbiylar shtabiga ma’qul kelgani yo‘q.
Bu futbolchiga Belgiya va Niderlandiya chepionatlaridan qiziqish bor. Klub o‘z tarbiyalanuvchisini bepul qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq klub moliyachilari Veylning keyingi transferlaridan ulush talab qilish variantini qo‘llashi ayiilmoqda.
Fikrlar