“Chelsi”dan ketadiganlar soni 12 taga etdi

  • 6 iyun, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiylikka tayinlangan Maurisio Pochettino klub rahbariyati bilan amalga oshiriladigan ishlarni kelishib olgan.

Argentinalik mutaxassis tarkibni o‘zi qayta shakllantiradi. Bir necha futbolchilarnig mashhurligiga qaramasdan, ulardan voz kechiladi.

Birinchilardan ketadiganlar orasida Per-Emerik Obameyang bor. Bu hujumchiga xaridor topilmagan taqdirda, maoshlar fonidini qisqartirish uchun shartnoma bekor qilinadi.

Shuningdek, Pochettino darvozabon tanlovida Kape Arrisabalaga foydasiga qaror chiqardi va Eduar Mendi sotib yuboriladigan bo‘ldi.

Matbuotning yozishicha, “Chelsi”ni tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar soni 12 nafarga etgan. Pochettino ularning o‘rniga o‘zi qo‘llaydigan o‘yin uslubiga mos ijrochilarni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!