
“Chelsi”ga Lukakuni bergan “Inter” endi ulardan boshqa yulduzni so‘ramoqda
Asosiy to‘purari Romelu Lukakuni “Chelsi”ga transfer qilgan “Inter” endi uning o‘rniga hujumchi qidirmoqda.
Milan klubi kutayotgan nomzodlar orasiga “Chelsi” hujumchisi Timo Verner ham qo‘shildi. Italiyaliklar germaniyalik yulduz transferi bo‘yicha London klubiga so‘rov yubordi.
“Chelsi” mutasaddilari bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan maslahatlashganidan keyin bu taklifga darhol rad javobini berdi.
Shu o‘rinda, Timo Vernerning o‘zi ham “Chelsi”ni tark etishni istamayotganini aytish lozim. Germaniyalik futbolchi debyut mavsumidan so‘ng Angliya futboliga moslashib olganini va yangi chempionatda nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishini ta’kidlamoqda.
Fikrlar